Barchasi qaytib ketadi

Baxtli bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik. Baxtli bo‘laman deb, yomonliklar ham qildik, yaxshiliklar ham.

O‘zimiz xursand bo‘lishimiz uchun odamlarni xafa qildik. Xotirjam yashayman deb, boshqalarning hayotidan xotirjamligini oldik.

To‘g‘ri, o‘zimiz kuldik, biz ham endi tabassum qilib yashaydigan bo‘ldik. Ammo boshqalarning ko‘z yosh to‘kishining evaziga erishdik barchasiga.

Hayotimizda ilk bor halovatni topdik, lekin endi boshqa insonlar behalovat yashaydi biz sabab.

Eng achinarlisi nima, bilasizmi? Bir kun kelib albatta Alloh taolo bizdan ham bularning barchasini qaytarib oladi.

Erishganlarimiz yoki erishmoqchi bo‘lganlarimizning barchasi erishganimizdan so‘ng yana qaytib bizdan ketadi.

Biz xohlasak ham, xohlamasak ham bizniki bo‘lmagan narsalar o‘ziniki bo‘lgan insonlarga yana qaytib boradi.

Negaligini bilasizmi? Chunki Alloh bor!

@khodieff 2023.09.12 00:02

    Ulashish: