Endi-chi?
Gunohlardan qutulmoqchimisiz? Har safar gunoh qilganingizdan so‘ng “Ench-di?” deb ayting o‘zingizga.
Hech xayolingizga kelganmi shu savol? “Xo‘sh, endi-chi?” “Endi nima bo‘ladi?” Unutmang, harom ishlarning lazzati ketadi, gunohi qoladi.
Umuman olganda, har qanday vaziyatda “Endi-chi?” “Keyin-chi?” degan savollar bering. Ushbu savollardan keyin javobi kelmaydigan maqsadlar qo‘ymang.
Masalan, Lamborghini olishni maqsad qildingiz, erishdingiz ham yoki millioner bo‘lmoqchi edingiz, bo‘ldingiz ham, deylik. Endi-chi?
Oxiratdan boshqa bu dunyoning eng qimmat narsalarini maqsad qilsangiz ham, ularga erishgach, o‘z qadrini, ma’nosini yo‘qotadi.
Bular yomon narsalar, demoqchi emasman. Shunchaki bular hayotingizdagi asosiy prioritetlar bo‘lib qolmasin.
Maqsadlar — bu dunyoda erishib bo‘lmaydigan darajada katta bo‘lishi kerak. Erishdingizmi, unda yashashdan ma’no qolmaydi.
Shuning uchun ham bu dunyoda chekkan mashaqqatlaringizning mukofoti oxiratda beriladi. Bu dunyoda berilganda, yashashdan zerikib qolardingiz. “Endi-chi?” derdingiz.
(c)
@khodieff
Ulashish: