OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Instagram nima uchun kerak ?

@khodieff
OPEN BLOGcover

Instagram

khodieff.uz

Bugun Ayti blogda Instagram haqida fikrlarimni bildirmoqchiman.

Demak unda birinchi ” + ” va ” - ” larini sanab chiqamiz.

Zararlari:

  1. Agar sizda qaysidir soft-skillar yaxshi rivojlanmagan , shakllanmagan yoki aniq bir maqsad rejaga ega  bo‘lmasangiz siz tarmoqda soatlab qolib ketasiz vaqt va eng qimmat bo‘lgan vaqtingizni yo‘qotasiz.
  2. Agar siz biror ilmni (kurs) o‘rganayotgan bo‘lsangiz bundan to‘sishi mumkin. Bu haqida juda ham ko‘p gapirsa bo‘ladi , qanday to‘sadi qanaqa qilib to‘sadi degan savolga qisqa qilib aytaman top short videolarni biroz “swipe” qilish yetarli. Yengil dofamin qolgan narsalar shart emasdek go‘yo.
  3. FOMO sindromi , bu haqida Telegramda Open blogimda  so‘rovnoma ham qilgan edim, bu jiddiy kasallik va mana-man degan insonga ham ta’sir ko‘rsatadi. Chunki Instagramda hayot faqat chiroyli va yengil qilib yorqin lahzalar ko‘rsatiladi aksar 95% sahifalarda.

Foydali tomonlari:

  1. Kuzatishlarim natijasiga ko‘ra ko‘plab o‘z sohasida yaxshi natija ko‘rsatgan insonlar tomondan  kerakli kontentlar kerakli tarzda berilsa albatta jamiyat uchun ham tarmoqdagi yosh avlodni fikri va tarbiyasiga ham ta’sir qilsa bo‘ladi, albatta. Natijaviy qisimi qo‘shtirnoq ichidagi  bachkana kontentlarga nisbatan immunitet paydo qilish.
  2. Aynan o‘zingizni sohangizga yo‘naltirilgan sahifalarni kuzatish (foydali sahifalar ko‘p). Sotib oladigan mahsulotingiz bozorini kuzatish , umuman sotuv biznesiga oid raqobatni o‘rganish , Instagram hozirda qaysidir ma’noda bozorga ham aylanib ulgurdi.
  3. Oxirgi yillarda biznes egalari uchun  Instagram katta (onlayn) bozorga aylandi. Yaxshi tahlil qilib yoqilgan target , mahsulotni chiroyli yoritib beradigan  poster va qisqa video sotuv oshishi uchun xizmat qiladi  bu esa tarmoqning foydali tomoni hozirgi kunda.

(Lekin biznesda sotuv oshiraman deb , bachkana bo‘lgan nima trendga chiqsa shunga bog‘lab video rolik olishga ham qarshiman.)

Xulosa:

Qanday foydalanish hammani o‘ziga bog‘liq. Siz biror biznes egasi bo’lsangiz yoki sanab o’tgan foydali tomonlarida bo’lsangiz bu zo’r. Hali o‘zini , o‘zligini  tanib  ulgurmagan avlodni esa immunitetini shakllantirishi kerak. Bunda oilaning o‘rni juda katta va  undagi muhit ham. Instagram yoki boshqa tarmoqlarda  vaqtingizni keraksiz kontentlarga sarflayapsizmi ? demak o‘zingizni qo‘lga olib gaplarimni o‘ylang va nafsingizni yengib o‘chirib tashlang profilni va qaytib kirmayman deb vada bering o‘zingizga! siz u yerda joylagan yillar davomidagi rasmingizga emas bugun ertaga va undan keyingi kunlar bekorga ketishi mumkin  bo‘lgan qimmatli vaqtingiz haqida o‘ylang , maqsadlaringiz , ota-onangiz va ertaga bo‘lajak oilangiz haqida o‘ylang. Agar siz jamiyatda 1 dona yoki 10 dona inson farqi yo’q nechtaligi o’zgarishiga yoki siz sabab manfa’at olishiga sababchi bo’la olasizmi va sizda bunga manba yetarlimi mediada qo‘rqmay gapiring Temurbek aka aytganlaridek. 

t.me/mukhriddinweb

    Ulashish: