Qur’on yodlash yo‘lidagi o‘zimga eslatmalar:
- Har kuni seni Qur’on ahlidan qilishini so‘rab Allohga duo qil. (Bir kun duo qilmay qo‘ysam ham ta’sirini sezganman)
- Onangdan duo olishni unutma. Bunga yuzaki qarama ham, chunki onaning duosi nishonga aniq teguvchi o‘q kabidir.
- Qur’on bor uyda uxlama.
- Istig‘forni ko‘paytir. Esingga tushdimi aytaver, toki esingdan chiqib, chalg‘imaguningcha.
- Intizomli bo‘l! Bir kunda yodlaydigan miqdorni belgilab ol. Bo‘lmasam, kecha ikki bet yodlaganman, bugun dam olsam ham bo‘ladi, deb o‘zingdan ketib qolishing mumkin).
- Yodlayotganda o‘zing yoqtirgan qiroat uslubingda o‘qi. Shunda yodlash osonroq bo‘ladi va zerikmaysan.
- Qur’on darslariga kech qolib borma. Bu juda xunuk holat. (Darsga kech qolgandan, bormagan yaxshi)
- Ustozingni aytganini qil. “Bir betni 300 tadan sanoq qilib chiq”, desa, bajar. Garchi 10 marta o‘qib, yodlab olgan bo‘lsang ham.
- Yodlaydigan mus’hafing bitta bo‘lsin, uni alishtiraverma.
- Ko‘zingni haromga boqishdan saqla. Buning jazosi Qur’onni unutishlik bo‘ladi, nauzubillah.
- Miyaga informatsiyalar yuklashni keskin kamaytir. Masalan, Telegram’dagi ko‘ngilochar kanallarni o‘chir, YouTube’ga kamroq kir. Instagram’ga esa hozircha umuman kirmasang ham bo‘ladi.
- Vazifalaringni xotirjam, tinchgina uyda tayyorlayman, deb o‘zingni aldama. Qur’onni har yerda o‘qi: yo‘lda, avtobusda, metroda, ishdagi bo‘sh vaqtlaringda va hokazo.
- Atrofingda doim o‘zingdan kuchlilar bo‘lsin. Shunda motivatsiya o‘z-o‘zidan keladi.
- Qur’onni ovoz chiqarib, baland o‘qi. Pichirlab yoki ko‘zing bilan o‘qima. Chunki bu yodlash emas, ertaga baribir esingdan chiqadi.
- Va unutma, inshaalloh, sen albatta, Hofizi Qur’on bo‘lasan!
@khodieff
Ulashish: