Shunaqa gaplar

  1. O‘zgalarning siz haqingizdagi fikrlari ularning qarashlari xolos. Buni voqelikka aylanishiga yo‘l qo‘ymang. Kimdir sizni omadsiz desa, bunga o‘zingiz qaror bermaguningizcha bu fikr haqiqatga aylana olmaydi. Qanotingizni kesishlariga yo‘l qo‘ymang!
  2. Moziyni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo undan foyda olish mumkin. Moziyda yashash kelajakni barbod qilishdir. Undan ibrat olish sizni kuchli qiladi. Shuning uchun o‘tgan sahifani yoping, ammo dars olishni unutmang!
  3. Kishilarning narsalar haqidagi fikrlari, bizga narsalar haqiqatidan ko‘ra ko‘proq o‘sha kishilarning aslini fosh qiladi. Shuning uchun kishilarni anglash uchun ularga yaqinlashish shart emas. Ozgina e’tiborli bo‘lsangiz yetadi. Kishilar har bir beradigan fikri bilan zamirlaridagi noaniq tomonlarni aniqlashtirib borishadi!
  4. Baxt yuqumlidir. Tashvish ham shunaqa. Negativ kishilardan yiroqlashib, pozitiv insonlarga yaqinlashing. Eynshteyn shunday deydi:

   “Pozitiv insonlarda har muammoning yechimi bor. Negativlar esa har yechimda muammo ko‘rishadi!“.

  1. Baxt imkoniyat emas, aslida sizning qaroringizdir. Moddiylikni kamsitmoqchi emasman. Moddiy narsalar hayot g‘ildiragidir. Ammo shuni unutmaylik, ular hayotning o‘zi emas, g‘ildiragidir. Bizni baxtli qiladigan ko‘p narsalarni sotib olib bo‘lmaydi. Shuning uchun saodatimiz ham, tashvishlarimiz ham ichimizdan balqib chiqishini unutmasligimiz kerak!
  2. Biz yiqilganimizda omadsiz hisoblanmaymiz, balki to‘xtab qolganimizda muvaffaqiyatni yo‘qotamiz. Shuning uchun inglizlar: “Qiynalganda to‘xtama, balki yetib borganda to‘xta!”, deyishadi. Tomas Edison lampochkani ixtiro qilishdan avval minglab tajribalar o‘tkazgan, ammo omadi kelmagan. Edisonni bu narsa to‘xtata olmagan. U shunday degan edi: “Urinishlarim bekor ketmadi. Men endi lampochka yasab bo‘lmaydigan minglab yo‘llarni bilaman!“.
  3. Hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz avvalo fiklashingizni o‘zgartiring. To‘g‘ri, Abu Bakr roziyallohu anhu Bilol roziyallohu anhuni ozod qildi, ammo bundan oldin Bilol roziyallohu anhu Allohga iymon keltirib  nafsini ozod qilgan va o‘z-o‘ziga xo‘jayin bo‘lgan edi!
  4. Dunyo charxpalakdir. Zamon esa aylanib turadi. Nima qilsangiz shuni ko‘rasiz. Ichadigan joyingiz shirin bo‘lsin uchun kishilarni chiroyli uslubda sug‘oring. Qachonlardir siz yaxshilik qilsangiz Alloh uni zoye qilishdan pokdir, odildir. Bugun yaxshilik taqdim qilsangiz bu o‘zingiz uchun kelajakda yaxshilikla uzatiladigan qo‘ldir aslida. Alloh istasa sizni hech kimga muhtoj qilmaydi. Siz o‘zgalardan yengillatgan dard ila Alloh sizni mubtalo qilmaydi inshaalloh
  5. Tashvishlar xuddi tebratma kursiga o‘xshaydi.  U sizni turgan joyingizda qimirlatishi mumkin, ammo bir qadam ham oldinga siljita olmaydi. Kelajakning rejasini qiling, o‘zingizni hozirlang, ammo unutmangki, ertangiz Allohning qo‘lida. Siz Allohga o‘z ishingizni topshirganingizda U sizni dunyoga topshirib qo‘ymaydi, dunyo sizni o‘yin qilishiga  yo‘l qo‘ymaydi!
  6. Boshqalar bilan masofa saqlang. Birdaniga o‘zingizni ular hayotiga tashlamang. Tajribali haydovchilar yo‘lda masofa saqlashni tavsiya qilib buni “omonlik masofasi” deb nomlashadi. Buzilgan mashinani tuzatish mumkin. Ammo buzilgan qalbni tuzatadigan ustani topa olmaysiz. O‘zingizdan o‘zingizga joy qoldiring!

(c) 2024.09.12 00:08

@khodieff

    Ulashish: