Ular qanchalar baxtli

khodieff.uz

Ya Allohim! Kunlarini Qur’on tilovat qilib, uning ustida umri o‘tayotganlar qanchalar baxtli.

Tunda, barcha uyquga ketganda, ko‘zlariga uyqu kelmay Sening oldinga kelganlar qanchalar baxtli.

Atrofni fahsh o‘ragan zamonda, ko‘zlarini Sen uchun tiya olganlar qanchalar baxtli.

Hamma manfaat uchun do‘stlashganda, hayotida bitta bo‘lsa ham qiyomatli do‘sti bo‘lgan odam qanchalar baxtli.

O‘tmishi yomon yo‘llarda kechib, so‘ngida Senga sajda qilib vafot etganlar qanchalar baxtli.

Yomon kunlarda barcha “Alloh” deya oladi. Ammo yaxshi kunlar yetganda “Alloh” deya olganlar qanchalar baxtli.

Harom aloqalar “madaniyat”ga aylanib borayotgan dunyoda, hayo ila yashab bir-birini topganlar qanchalar baxtli.

Aytishadi-ku, nimaning ustida yashasang, shuning ustida o‘lasan, deb. Bularning ustida yashayotganlar qanchalar baxtli.

(c)

@khodieff

    Ulashish: