OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Vaqt o'tishi bilan bir-birimizning esimizdan chiqamiz

@khodieff
OPEN BLOGcover

Vaqt o’tishi bilan bir-birimizning esimizdan chiqamiz

khodieff.uz

Maktabda juda yaqin bo’lgan, uyga doim birga qaytadigan, birga o’yin diski sotib olib kim birinchi tugatish o’ynaydigan o’rtoqlarim bo’lgan. Hali ham bor.

Litseyda bir partada o’tirib, doim birga hasratlashadigan, har kuni birga yuradigan o’rtog’im bo’lgan. Hali ham bor.

Univerda dardlashib, kurs ishini birga yozib, har xil sarguzashtlarni o’tkazgan o’rtoqlarim bo’lgan. Hali ham bor. 5 kun darsdan 4 kuniga kirmagan , ohirgi para faqat qochishni reja qilgan , juma kuni darsga bormaymiz degan

Lekin vaqt o’tishi bilan hammaning hayotidagi muhim masalalar o’zgarib turadi. Hamma o’z tashvishi bilan bo’lib qoladi. Onda-sonda ko’rishib turishlarni hisobga olmasa.

Hozirda o’zingiz eng yaqin deb bilayotgan o’rtoqlaringiz bilan ham vaqt o’tib qiziqish, ish bo’yicha kesishadigan nuqtalaringiz kamayib, har kuni emas, bir-bir ko’rishib, gaplashib turadigan bo’lib qolish mumkin ekan.

Yaxshi do’stlar bor bo’lishsin. Oldingidek siz bilan har kuni gaplashmayotgan yaqinlaringizni ham to’g’ri tushuning. Hozirda uning uchun muhim bo’lgan narsalar o’zgargan, o’z hayoti bilan yashab yuribdi.

(c) M.S 2024.09.11 23:57

@khodieff

    Ulashish: