TypeScriptni React bilan birgalikda ishlatish dastur kodini yanada xavfsiz va aniq qiladi, chunki TypeScriptning kuchli tiplash (static typing) imkoniyatlari bilan React komponentlarining strukturasini, xususiyatlarini va holatini oldindan belgilab olish mumkin. Quyida TypeScriptni Reactda qanday ishlatish va uning asosiy aspektlari haqida batafsil tanishamiz.
1. Yangi React TypeScript loyihasini yaratish
TypeScript bilan React loyihasini yaratish uchun create-react-app
vositasidan foydalanishingiz mumkin:
npx create-react-app my-app --template typescript
Bu buyruq TypeScript asosida yangi React loyihasini yaratadi va kerakli barcha TypeScript konfiguratsiyalarini (masalan, tsconfig.json
fayli) o’rnatadi.
2. React komponentlarini yozish
Reactda komponentlar odatda funksiya yoki klass sifatida yaratiladi. TypeScriptda komponentlarning props
larini (xususiyatlarini) va state
(holat) turlarini belgilash muhim.
2.1. Funksional komponentlar
Funksional komponentlar TypeScriptda juda oddiy va keng tarqalgan usul hisoblanadi. props
lar uchun interfeys yaratish orqali ularning turlarini aniq belgilash mumkin:
import React from "react";
// Props uchun interfeys yaratish
interface GreetingProps {
name: string;
age?: number; // Majburiy emas (optional) bo'lgan props
// Funksional komponentni yaratish
const Greeting: React.FC<GreetingProps> = ({ name, age }) => {
return (
Hello, {name}!
{age &&
You are {age} years old.
export default Greeting;
Bu yerda GreetingProps
interfeysi name
va age
xususiyatlari uchun turlarni belgilaydi. React.FC<GreetingProps>
yozuvi funksional komponentni props
lar bilan tiplash uchun ishlatiladi.
2.2. Klass komponentlari
Klass komponentlarida ham props
lar va state
turlarini belgilash mumkin:
import React, { Component } from "react";
// Props va State uchun interfeys yaratish
interface CounterProps {
initialCount?: number;
interface CounterState {
count: number;
class Counter extends Component<CounterProps, CounterState> {
constructor(props: CounterProps) {
super(props);
this.state = {
count: props.initialCount || 0,
increment = () => {
this.setState({ count: this.state.count + 1 });
render() {
return (
Count: {this.state.count}
Increment
export default Counter;
Bu misolda CounterProps
interfeysi props
lar uchun, CounterState
interfeysi esa state
uchun turlarni belgilaydi. Klass Component<CounterProps, CounterState>
shaklida tiplangan.
3. Xooklar bilan ishlash
React xooklari TypeScript bilan ishlatilganda ham juda qulay. Ayniqsa, useState
, useEffect
kabi xooklarda turlarni belgilash orqali xatolarni oldini olish mumkin.
3.1. useState
bilan ishlash
useState
xookini TypeScriptda ishlatishda dastlabki qiymat turiga asoslanib state
ning turi avtomatik ravishda aniqlanadi. Biroq, agar state
ning turi aniq bo’lishini xohlasangiz, uni ko’rsatishingiz mumkin:
import React, { useState } from "react";
const Counter: React.FC = () => {
const [count, setCount] = useState<number>(0);
return (
Count: {count}
export default Counter;
Bu misolda useState<number>
bilan count
ning turi aniq belgilangan.
3.2. useEffect
bilan ishlash
useEffect
xookida asinxron operatsiyalar yoki komponentning ma’lum holatiga qarab ishlovchi kod yoziladi:
import React, { useState, useEffect } from "react";
const DataFetcher: React.FC = () => {
const [data, setData] = useState<string[]>([]);
useEffect(() => {
const fetchData = async () => {
const response = await fetch("https://api.example.com/data");
const result = await response.json();
setData(result);
fetchData();
return (
{data.map((item, index) => (
{item}
export default DataFetcher;
Bu misolda useState<string[]>
yordamida data
ning turi belgilangan, useEffect
esa komponent yuklanganida ma’lumotlarni yuklaydi.
4. Interfeyslar va Turlar
TypeScriptda interfeyslar va turlar (interface
va type
) yordamida komponentlar orasidagi ma’lumotlarni aniq belgilash mumkin. Bu Reactdagi komponentlar o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvini xavfsiz qiladi.
4.1. Interfeyslar
Interfeyslar React komponentlari uchun props
yoki state
ning tuzilishini aniqlash uchun ishlatiladi:
interface User {
id: number;
name: string;
email: string;
const UserProfile: React.FC<{ user: User }> = ({ user }) => {
return (
{user.name}
{user.email}
Bu yerda User
interfeysi foydalanuvchi ma’lumotlari qanday bo’lishi kerakligini aniqlaydi va bu tur UserProfile
komponentiga props
sifatida qo’llaniladi.
4.2. Turlar
type
kalit so’zi ham turlarni aniqlashda ishlatiladi va interfeyslarga o’xshash funksiyaga ega. Misol uchun:
type User = {
id: number;
name: string;
email: string;
type UserProfileProps = {
user: User;
const UserProfile: React.FC<UserProfileProps> = ({ user }) => {
return (
{user.name}
{user.email}
Bu misolda User
turi va UserProfileProps
turi aniqlangan va ular komponent uchun props
sifatida ishlatilgan.
5. React Context va TypeScript
React Context API TypeScript bilan birgalikda ishlatilganda turlarning aniqligini saqlashga yordam beradi. Quyida Context
API TypeScript bilan qanday ishlatilishi haqida misol keltirilgan:
import React, { createContext, useContext, useState } from "react";
// Kontekst uchun interfeys yaratish
interface AuthContextType {
user: string | null;
login: (user: string) => void;
logout: () => void;
// Dastlabki qiymatni aniqlash
const AuthContext = createContext<AuthContextType | undefined>(undefined);
export const AuthProvider: React.FC = ({ children }) => {
const [user, setUser] = useState<string | null>(null);
const login = (user: string) => setUser(user);
const logout = () => setUser(null);
return (
<AuthContext.Provider value={{ user, login, logout }}>
{children}
</AuthContext.Provider>
// Context hooki
export const useAuth = () => {
const context = useContext(AuthContext);
if (!context) {
throw new Error("useAuth must be used within an AuthProvider");
return context;
Bu misolda AuthContextType
interfeysi AuthContext
ning strukturasi qanday bo’lishini aniqlaydi. useAuth
custom hooki AuthContext
ni ishlatadi va context
mavjud bo’lmagan holatlarda xatoni tashlaydi.
6. TypeScriptdagi Refs bilan ishlash
Reactda ref
lar yordamida DOM elementlariga yoki komponentlarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish mumkin. TypeScriptda ref
lar bilan ishlash uchun useRef
xookida kerakli tur aniqlanishi kerak.
import React, { useRef } from "react";
const TextInputWithFocusButton: React.FC = () => {
const inputEl = useRef<HTMLInputElement>(null);
const onButtonClick = () => {
if (inputEl.current) {
inputEl.current.focus();
return (
Focus the input
export default TextInputWithFocusButton;
Bu misolda useRef<HTMLInputElement>
yordamida inputEl
refi tipi aniq belgilangan, bu orqali TypeScript sizga ref bilan ishlaganda xatolardan saqlanishga yordam beradi.
Demak:
TypeScriptni React bilan ishlatish komponentlar, props
, state
, xooklar, va kontekst bilan aniq va xavfsiz ishlash imkonini beradi. Bu nafaqat kodni tartibli qiladi, balki xatolarni oldini olishda ham kotta yordam beradi.
Bizni tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin va maqola foydali bo’lsa do’stlaringizga ham ulashing. 🫡
🔗 https://medium.com/@mukhriddinweb
🔗 https://dev.to/mukhriddinweb
🔗 https://github.com/mukhriddin-dev
Ulashish: