OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

010. Vue.JS da WatchEffect funksiyasi qanday ishlaydi va vazifasi nima ?

@khodieff
OPEN BLOGcover

Vue 3 da watchEffect - reaktiv hisoblashni (reactive computation ref , reactivelarni ) kuzatish uchun mo’ljallangan funksiya. U har qanday reaktiv o’zgaruvchi o’zgarganda avtomatik ravishda qayta ishga tushadi. Bu, asosan, side effektlarni kuzatish uchun foydalidir.

khodieff.uz

Asosiy Misol:

Keling, oddiy bir misol bilan boshlaymiz. Faraz qilaylik, bizda bir reaktiv o’zgaruvchi bor va uning qiymati o’zgarganda biron bir amal bajarilishi kerak. aha

<template>

Jami: {{ total }}

</template>

Demak betta:

1. count - foydalanuvchi kiritadigan qiymat.
2. total - count ning ikki barobarini saqlaydi.
3. watchEffect ichidagi funksiyada count ning qiymati o’zgarganda total yangilanadi.

Qo’shimcha Misol:

Keling, watchEffect yordamida ko’proq non-primative data misol ko’raylik. Faraz qilaylik, bizda bir nechta reaktiv o’zgaruvchilar bor va ularga asoslangan hisobotni yaratmoqchimiz.

<template>

Jami: {{ total }}

</template>

Demak betta:

1. price - mahsulotning narxi.
2. quantity - sotib olingan mahsulotlar soni.
3. total - price va quantity ni ko’paytirib hisoblaydi.

Bir necha watchEffect:

Agar siz bir nechta watchEffectlardan foydalanmoqchi bo’lsangiz, ularni alohida yarating. Har biri o’z reaktiv o’zgaruvchilarini kuzatadi ))

<template>

Natija A: {{ resultA }}

Natija B: {{ resultB }}

</template>

Bilib oldik:

watchEffect - bu Vue 3 da reaktiv hisoblashlarni kuzatish uchun juda foydali vosita. U side effektlarni boshqarish va reaktiv ma’lumotlarni yangilashni osonlashtiradi. Har qanday reaktiv o’zgaruvchilar o’zgarganda avtomatik ravishda ishga tushadi, bu esa kodingizni yanada intuitiv va toza yozishga yaxshi.

Ulashish: